19:25 / 21.12.2018
5 987

Toshkentda ikki yigitni tungi klubda pichoqlagan 19 yoshli qizga hukm o‘qildi

Toshkentda ikki yigitni tungi klubda pichoqlagan 19 yoshli qizga hukm o‘qildi
Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida ikki yigitni tungi klubda pichoqlagan 19 yoshli qizga hukm o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning 6 oktyabr kuni soat tongi soat taxminan 4.40 larda Toshkent shahar Olmazor tumani Forobiy ko‘chasidagi "Nihol" tungi klubi oldida sudlanuvchi qiz va yigitlar orasida janjal kelib chiqadi. Natijada qiz yigitlarni pichoq bilan jarohatlaydi.

O‘sha kuni yigitlardan birining qo‘li yengil tan jarohati oladi, ikkinchisi esa og‘ir tan jarohati bilan kasalxonaga yotqiziladi.

Voqeaning e’tiborli tomoni, tungi klubga qiz onasi bilan tug‘ilgan kunga borgan bo‘ladi.

Sudda jabrlanuvchi yigitlar qizga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirib, suddan sudlanuvchi qizga yengillik berilishini so‘raydi.

Sud hukmi bilan sudlanuvchiga 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikki yigitni tungi klubda pichoqlagan 19 yoshli qizga hukm o‘qildi