Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning buyrug‘i bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib diniy idoraning Masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov tayinlangandi.
Shundan so‘ng, 26 iyun kuni poytaxtdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imomlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur diniy idora raisi o‘rinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, o‘z navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film