Qimorning oxiri o‘lim! UFC jangchisiga pul tikkan ikki erkak o‘z joniga qasd qildi

1 daqiqa o'qish12.7K
Qimorning oxiri o‘lim! UFC jangchisiga pul tikkan ikki erkak o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda UFC jangidan keyin sport stavkalari bilan bog‘liq fojiali holat haqida xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, Hamzat Chimayev ishtirok etgan jang natijasiga katta miqdorda pul tikkan ikki nafar o‘zbekistonlik erkak og‘ir moliyaviy yo‘qotishlardan keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Tarqalayotgan ma’lumotlarda ular kredit olib, uydagi bor mablag‘larini ham sport stavkalariga sarflagani aytilmoqda. Shuningdek, janozalar o‘qilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan. Biroq ayni paytda mazkur holat yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan tasdiqlangan ma’lumot berilmagan.

Mazkur xabarlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik sport stavkalari va qimorga qaramlikning salbiy oqibatlari haqida fikr bildirmoqda. Mutaxassislar esa moliyaviy tavakkalchilik va emotsional qarorlar inson hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab keladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?