date

Toshkentda bank xodimlari omonatdagi $500 mingni o‘zlashtirdi

Toshkentda bank xodimlari omonatdagi $500 mingni o‘zlashtirdi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yirik moliyaviy talon-toroj holati fosh etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tijorat banklaridan birining mas’ul xodimlari mijoz tomonidan omonat sifatida qo‘yilgan 500 ming AQSH dollarini noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirgan.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bank xodimlari fuqaro I.M. tomonidan qo‘yilgan yirik miqdordagi omonat mablag‘larini soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritib, ularni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatgan.

Mazkur sxema bank ichidagi ayrim mas’ullar tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish orqali amalga oshirilgani qayd etilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mutaxassislar bunday holatlar bank tizimida ichki nazoratni kuchaytirish va mijozlar mablag‘larini himoya qilish masalasini yana bir bor dolzarblashtirganini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bank xodimlari omonatdagi $500 mingni o‘zlashtirdi