date

Farg‘onada 29 yoshli o‘g‘il pul uchun o‘z onasini o‘ldirdi

Farg‘onada 29 yoshli o‘g‘il pul uchun o‘z onasini o‘ldirdi

Farg‘ona viloyatida 29 yoshli o‘g‘il pul nizosi oqibatida o‘z onasini bolta bilan o‘ldirdi. Bu haqda Millar xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan kuni soat 08:00 lar atrofida uch nafar farzandning onasi bo‘lgan marhum ayol hamda uning to‘ng‘ich farzandi — ayblanuvchi o‘rtasida moliyaviy sababli tortishuv yuz bergan. Janjal davomida ayblanuvchi qo‘lidagi bolta bilan onasining bosh qismini bir necha marotaba urib, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan. Keyin u xo‘jalik pichog‘i bilan onasining boshini tanasidan ajratib olgan.

Shundan so‘ng ayblanuvchi marhumning tanasini tomorqasining bir burchagiga, bosh qismini esa hojatxonaning orqa tomoniga ko‘mib qo‘ygan va yashiringan holda voqea joyidan ketgan.

Mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatida aybli deb topildi va unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 29 yoshli o‘g‘il pul uchun o‘z onasini o‘ldirdi