date

Shoir Yo‘ldosh Eshbekka Toshkentdan yangi uy topshirildi

Shoir Yo‘ldosh Eshbekka Toshkentdan yangi uy topshirildi
Foto: Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Yo‘ldosh Eshbek davlat tomonidan munosib e’tirof etildi. Unga poytaxt — Toshkent shahrining Yashnobod tumani Izzat ko‘chasidan uch xonali zamonaviy kvartira tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi ma'lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur uy-joy mamlakat rahbari topshirig‘i asosida ajratilgan bo‘lib, ijod ahlini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli siyosatning amaliy ifodasi sifatida baholanmoqda. Bu kabi tashabbuslar san’at va adabiyot vakillarini rag‘batlantirish, ularning mehnatiga munosib baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi xonadon kalitlarini topshirish marosimida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov ishtirok etib, shoirni samimiy tabrikladi va uning ijodiga yuqori baho berdi. U o‘z so‘zida bunday e’tiroflar ma’naviyat rivojida beqiyos hissa qo‘shayotgan ijodkorlarni yanada ilhomlantirishini ta’kidladi.

Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda mamlakatda shoir va yozuvchilar, umuman ijodkorlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida milliy adabiyot va madaniyat rivojiga yangi sur’at bag‘ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Shoir Yo‘ldosh Eshbekka Toshkentdan yangi uy topshirildi