To‘yda noodatiy holat: kuyov kelin uchun "fast food" buyurtma qildi

O‘zbekiston to‘ylaridan birida kutilmagan va bir vaqtning o‘zida qiziqarli holat kuzatildi. To‘y kunida kelin an’anaviy taomlardan ko‘ra faqatgina fast food iste’mol qilgani mehmonlar e’tiborini tortdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kelinning bu odati oldindan ham ma’lum bo‘lgan. Shu bois kuyov uning xohishini inobatga olib, aynan to‘y kunida ham fast food buyurtma qilgan. Bu esa to‘yga yanada o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishlagan.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, qariyb 3 millionga yaqin ko‘rishlar soniga ega bo‘ldi. Foydalanuvchilar izohlarda kuyovning bu harakatini yuqori baholab, uni ayolga bo‘lgan e’tibor, mehr va muhabbat ifodasi sifatida talqin qilishmoqda.
Shu bilan birga, ko‘plab hazilomuz fikrlar ham qoldirilgan bo‘lib, ayrimlar bu holatni “zamonaviy to‘y trendi” deb atashgan. Qisqasi, ushbu voqea nafaqat kulgili, balki samimiy va iliq munosabat namunasi sifatida ham ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!