Vazirliklar va idoralar bir oy ichida chet elda yashaydigan o‘zbekistonlik yetakchi mutaxassislar ro‘yxatini tuzishi kerak. Ularning salohiyatidan O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida aytib o‘tilgan, deya xabar qilmoqda Sof.uz.
“Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jamg‘armaga:
- mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha talab etiladigan mutaxassisliklar ro‘yxatini;
- ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy bo‘linmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar ro‘yxatini kiritsin”, - deyilgan qaror matnida.
Undan tashqari O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida OAVlar tomonidan Respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni keng yoritib borish tavsiya etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi