21:49 / 13.01.2019
5 046

Farg‘onada er-xotin Tico’da kanalga tushib ketib, halok bo‘lishdi

Farg‘onada er-xotin Tico’da kanalga tushib ketib, halok bo‘lishdi
Foto: IIV
2019 yil 12 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yashagan Yu.X. boshqaruvidagi Tico rusumli avtomashinani Uchko‘prik tumani Begobod qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi «Katta Farg‘ona» kanali bo‘yida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu kanalga tushib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada Yu.X. va uning yo‘lovchisi, birga yashagan turmush o‘rtog‘i M.E.lar avtomashina ichida qolib, cho‘kib vafot etganlar. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada er-xotin Tico’da kanalga tushib ketib, halok bo‘lishdi