Svetoforlar yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish va inson hayotini asrash uchun yaratilgan bo‘lsa-da, aslida ular haydovchilar uchun xavfni yuzaga keltiradi. Aniqlanishicha, svetoforda to‘xtab turish vaqtida o‘pkalarga katta miqdorda ifloslangan havo kiradi.
Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti tadqiqotchilari haydovchilar avtomobilda harakatlanish chog‘ida yutadigan iflos havoning 20 foizi svetoforda to‘xtagan vaqtida o‘pkaga tushishini aniqladi. Ta’kidlanishicha, bunday to‘xtab turishlarning umumiy davomiyligi butun safar uzunligining 2 foizini tashkil etadi.
Bunda gap avtomobildan chiqadigan ishlangan gazlardan ajraladigan spetsifik nanoqismlar haqida bormoqda. Ular astma, yurak va qon-tomir kasalliklari, bolalar oqqon kasalligi kabi og‘ir xastaliklar bilan bog‘lanadi. Olimlar yirik tirbandliklar yaqinida yashovchi, ishlovchi yoki harakatlanuvchi kishilar bunday kasalliklarga eng ko‘p chalinishini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi