Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va “Oʻzstandart” agentligining 2019 yil 1 iyuldan eʼtiboran quyidagilarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berildi:
a) xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya kartochkalarini berish uchun davlat bojini toʻlash tartibi;
b) quyidagilarni majburiy sertifikatlash:
- “Yevro-5” va “Yevro-6” ekologik sinflari talablariga javob beradigan, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan hamda olib kiriluvchi yangi yuk va maxsus avtotransport vositalarni, shuningdek, yuklarni avtomobil transportida tashish uchun tirkama va yarim tirkamalarni;
- transport-ekspeditorlik xizmatlarini;
v) yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjudligi toʻgʻrisidagi talabni, agar chek berilishi yoki yoʻlovchi safarini elektron roʻyxatga olish imkoniyati mavjud boʻlsa;
g) malaka talablariga muvofiqlik uchun attestatsiyadan oʻtish toʻgʻrisidagi talab:
- avtomobil transportida yuk tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- korxona shtatida avtotransport vositalari ekspluatatsiyasi va tashuvlar xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mutaxassis alohida birligi mavjud boʻlganda, shuningdek, belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtganda, yuridik shaxsning rahbari;
d) avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslar balansida avtotransport vositalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi talab. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi