Qozogʻistonlik bloger Alisher Yelikbayev Facebookʻdagi sahifasida Oʻzbekiston militsiyasi haqida maqtovli post qoldirdi.
“Olmaota va Ostonada politsiya poytaxtning nomi oʻzgartirilishidan norozi boʻlganlarni ayovsiz qoʻlga olayotgan bir paytda, buxorolik militsiya xodimi Rustam bizga Minorai Kalon tarixi, qurilishi haqida soʻzlab berdi, mashhur Buxoro palovini qayerda tanovul qilish, kechki payt qayerlarga borish mumkinligini aytdi. Aslida bizni turmush oʻrtogʻimiz bilan suratga tushirib qoʻyishni taklif qilganimdan soʻng u bilan tanishib qoldik. Ha, men sizga yangi Oʻzbekiston haqida gapirib berayapman”, — deb yozgan qozogʻistonlik taniqli bloger.
Malik Karimovning qayd etishicha, Alisher Yelikbayev piar boʻyicha ekspert, Qozogʻistonning eng taniqli blogerlaridan va jamoatchilik fikriga taʼsir koʻrsatadigan vakillaridan biri boʻlib, shu kunlarda Navroʻz bahona Oʻzbekistonda sayohat qilmoqda. @davletovuzʻning taʼkidlashicha, qozoq blogerining Buxoroda boʻlib, Oʻzbekiston ichki ishlar organlari xodimlarining yangi qiyofasi haqida shunday post qoldirishi Oʻzbekiston turizmi uchun eng yaxshi piardir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda