2 959
Davlat soliq qo‘mitasi «qullar mehnati»dan foydalanish to‘g‘risidagi xabarga izoh berdi
Davlat soliq qo‘mitasi «qullar mehnati»dan foydalanish to‘g‘risidagi xabarni izohladi deb yozadi Kun.uz nashri.
Avvalroq internetda respublika soliq organlari xodimlarining «og‘ir» mehnat sharoiti haqida xabarlar tarqalgandi. Ularda aytilishicha, xodimlar belgilangan ish vaqtidan ortiq va dam olish kunlarisiz ishlamoqda.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Normat Tursunovning so‘zlariga ko‘ra, «bu mish-mishlar asossizdir».
«Xodimlarning ish vaqti qat’iy belgilangan. Mish-mishlarda aytilgan ertalab oltidan boshlanadigan majlislarga keladigan bo‘lsak, bu ham yolg‘on. Biz uzoq yig‘ilishlar amaliyotidan amalda voz kechganmiz, bunday ertalabki vaqtda esa hech qachon yig‘ilish bo‘lmagan. Bizning ishimiz uzoq muhokama va yig‘ilishlarni emas, tezkorlik va ishga e’tiborlilikni talab qiladi», - dedi u.
U ayrim xodimlar dam olish kunlari ham ishga jalb qilinishi holatlari bo‘lib turishini qayd etdi.
«Ammo bunda mehnat qonunchiligiga rioya qilinadi – bunday kunda ishlaganlik uchun nizomga muvofiq ikki baravar haq to‘lanadi yoki xodim o‘z ixtiyoriga ko‘ra dam olish kunini olishi mumkin. Xodimlar huquqiga rioya qilinishi kasaba uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi», - dedi Tursunov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi