Navoiy viloyati IIB YHXB tashabbusi bilan Yevropa mamlakatlari tajribalariga tayangan holda «Piyodalar xavfsiz o‘tish joyi» loyihasining Navoiy shahrining G‘alaba shohko‘chasi hamda Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarining piyodalar qatnov gavjum qismida qurilib, ishga tushirilganligi, mazkur hududlarda piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldi olinishiga xizmat qilmoqda.
Viloyat IIB YHXBning Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, mazkur piyodalar o‘tish yo‘lining afzallik tomonlaridan biri — avtomashina haydovchisi harakatlanayotganda piyodalar yo‘lakchasiga 50 metr qolganda dastlab g‘ildiraklarga uriluvchi vibroshovqinli tasma haydovchini ogohlantiradi, bu holat piyodalar yo‘lakchasiga 30 metr qolganda yana takrorlanadi.
Bundan tashqari yo‘lning chetida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi tablo, hamda piyodalar yo‘lagidagi zebra chizig‘ining maxsus plafonli chiroqlar bilan jihozlangani, piyodalar o‘tish joyida fuqarolar paydo bo‘lishi bilan maxsus sensorli qurilma orqali yonishi haydovchilarni yanada hushyor bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda Navoiy viloyatida shu kabi jami to‘rtta «piyodalar xavfsiz o‘tish joyi» o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi