Nurafshon shahrida viloyat faollari, masalaga taalluqli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» xabar berdi.
Mazkur yig‘ilish davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi, jarayonning borishi bo‘yicha mas’ullarning hisoboti tinglandi.
«Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan bir trillion yuz milliard so‘mni tiyin tiyinigacha maqsadli sarflashimiz kerak.
Yog‘ochning bo‘shini qurt yeydi. Bo‘sh bo‘lmanglar. Ayniqsa, davlatning yerini, binosini qachondir qop-qop va’da berib kimdir olgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ishlatmasdan kelayotgan bo‘lsa, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish kerak. Kerak bo‘lsa, qo‘lidan ish keladigan investorlar topamiz. Davlatimizning rivojlanishiga xalal berishga hech kimning haqi yo‘q!
Toshkent shahrini suv bilan ta’minlaydigan viloyatning o‘zida ichimlik suvi muammo bo‘lsa, buni qanday tushunish mumkin?
Shuning uchun, davlat rahbari tomonidan viloyatga ajratilgan mablag‘, eng avvalo, ichimlik suvi muammosini hal qilishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, yo‘lsozlik, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi sohalar ham respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘ni yo‘naltirishda ustuvorlik kasb etadi.
Bu ishlarni bekamu ko‘st amalga oshirish uchun viloyat rahbarlari atrofiga xalq, viloyat faollari birlashishi kerak», dedi Bosh vazir o‘rinbosari o‘z so‘zida.
Shuningdek, mablag‘larni sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlar haqida xalqni xabardor qilib borish, jarayonning ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida, OAV bilan faol hamkorlik qilish tavsiya etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi