Foto: IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahri, Chilonzor tumani profilaktika inspektori 13 iyunga o‘tar kechasi o‘z hududini tekshirib yurgan vaqtda, tahminan tungi soat 01.30da yo‘l chetida turgan «Lasetti» avtomobilini ko‘radi. Uning ichida notanish ikki shaxs o‘tirgan bo‘lgan.
Inspektor ularning shaxsini aniqlash maqsadida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishni so‘raydi. Ammo haydovchi huquq-tartibot xodimining talabiga bo‘ysunmasdan, mashinani harakatga keltiradi. Inspektor tekshirishdan bo‘yin tovlashni to‘xtatish maqsadida avtomobil oldiga turib olgan. Ammo haydovchi harakatni davom ettirgach, o‘zini saqlash maqsadida kapot ustiga chiqib olishga majbur bo‘ladi.
Avtomobil shu holatda biroz yo‘l yurgandan so‘ng inspektor sakrab tushib qolishga muvaffaq bo‘ladi, «Lasetti» avtomobili esa tezlikda ko‘zdan yo‘qoladi. Ammo qisqa vaqt davomida qidiruv samarali amalga oshirildi va haydovchi hamda yo‘lovchi qo‘lga olindi.
Tekshirish asnosida haydovchi 37 yoshli Sohib. X ekani, yo‘lovchi esa 18 yoshli Alena K. ekani aniqlangan. Ularning har ikkisi ham psixotropik dori vositalari ta’sirida bo‘lgani sud-meditsina ekspertizasi tomonidan ma’lum qilindi.
Ayni vaqtda ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi