18 iyun kuni Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlariga qarashli Qashqardaryo viloyatida joylashgan harbiy qism tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Marosimda Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxonov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zaynobiddin Iminov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, mazkur harbiy qismning sobiq harbiy xizmatchisi Rossiya Federatsiyasidan kelgan mehmon, zaxiradagi polkovnik Valeriy Goldishev, zaxiradagi polkovnik Aleksandr Xarlamov boshchiligidagi faxriylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Tantanali marosimda so‘z olganlar mazkur harbiy qism yetishtirib bergan uchuvchilarning Qurolli Kuchlarimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, ular yaratgan maktab, ustoz-shogirdlik an’analarining bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilgani, qolaversa O‘zbekiston prezidenti tomonidan harbiy uchuvchilarga ko‘rsatilgan yuksak e’tiborning soha vakillari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Shundan so‘ng, armiyamizning Mig-29, Su-25 kabi qiruvchi samolyotlarining samodagi «raqsi» barchani hayratlantirdi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini harbiy qism bilan tanishtirish maqsadida marosim dasturidan o‘rin olgan Qashqadaryo qadriyatlarini namoyish etuvchi baddiy ko‘rgazmalar hamda «ochiq eshiklar kuni», ayniqsa, bolajonlarda unutilmas taassurot qoldirib, ular qalbida harbiy-vatanparvarlik hissini yanada jo‘sh urdirdi; ko‘ngillarida kelgusida harbiy uchuvchi bo‘lish maqsadini paydo etdi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Shu kuni ochiq osmon ostida tashkil etilgan qiruvchi samolyotlar maketlari hamda harbiy uchuvchi haykali siymosi aks etgan muzeyning ochilish marosimi yetmish harbiy qismning yetmish yillik to‘yiga to‘yona bo‘ldi.
Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda mahallik xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushnudlik ulashdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi