22:00 / 23.06.2019
56 917

O‘zbekistonda pensiya yoshi 2021 yildan so‘ng oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda pensiya yoshi 2021 yildan so‘ng oshirilishi mumkin
O‘zbekistonda pensiya yoshining oshirilishi 2021 yildan so‘ng amalga oshishi mumkin. Bu haqda Pensiya jamg‘amasidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi «Sof.uz» nashri.

«Bugungi kunda davlat pensiya ta’minotini isloh qilish konsepsiyasini takomillashtirish ishlari ketmoqda. Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi, boshqa xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Yil oxiriga qadar, barcha bosqichlar, jumladan, jamoatchilik muhokamasidan o‘tganidan so‘ng, tasdiqlash uchun taqdim etishni rejalashtirganmiz. Hujjat 2020 yilda tasdiqlanganidan so‘ng to 2021 yilgacha tushuntirish ishlarini olib borish va bo‘lajak o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ma’lum muddat bo‘ladi», — dedi nashr suhbatdoshi.

Manbaga ko‘ra, pensiya yoshining oshirilishi 2022 yilga ko‘chirilishi ham mumkin.

Davlat pensiya ta’minotini isloh qilish konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda erkaklar uchun pensiya yoshini 63, ayollar uchun 58 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirish ko‘zda tutilmoqda. Pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda pensiya yoshi 2021 yildan so‘ng oshirilishi mumkin