Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovna Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.
«Yuksalish» harakatining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bosh vazir tomonidan kiritilgan Bosh vazir o‘rinbosari nomzodini tasdiqlashdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovnani Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bositxonova bu lavozimda Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva o‘rnini egalladi.
Elmira Bositxonova 1958 yilda tug‘ilgan, 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining «davolash ishi» yo‘nalishini tamomlagan. 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bosh shifokori.
U 2011-2016 yillarda ham Xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilgan, 2016 yilning 12 dekabridan buyon Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tanzila Kamalovna Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018 yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1 apreldan Prezident Vazirlar Mahkamasi a’zolarini bosh vazir taqdim etgan nomzod Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan so‘ng tasdiqlashini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi