4 775
Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi. U endi Senat raisi bo‘lishi mumkin
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva lavozimini tark etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga bosh vazir tomonidan kiritilgan nomzod - Bositxonova Elmira Irkinovnani tasdiqlashdi.
Qayd etish kerakki, Tanzila Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Elmira Bositxonova o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018 yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangan edi.
Kun.uz manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Tanzila Norboyeva endi prezident farmoni bilan senator etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu holda u Senatning 21 iyun kuni o‘tkaziladigan yalpi yig‘ilishi vaqtida Senat raisi lavozimiga tavsiya etilib, lavozimga tasdiqlanishi mumkin bo‘ladi. U shu tariqa bugun Bosh prokuror etib tayinlangan Nig‘matulla Yo‘ldoshev o‘rnini egallashi va O‘zbekiston tarixiga Senat raisi bo‘lgan ilk ayol sifatida kirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi