Bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vaziri bolalarni maktabga qabul qilishning yangi tartibi haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab yoshidagi hech bir bola ta’limsiz qolib ketmaydi.
Tadbirda psixologlar tomonidan maktabga chiqish tayyor deb tavsiya berilgan bolalar o‘qishga qabul qilinish-qilinmasligi haqida savol berildi. Sherzod Shermatov savolga javob berarkan, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga berishga hech kim qarshi emasligini aytib, faqat bu ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida xavotir bildirdi.
"Maktab yoshiga yetmagan bolalarni maktabgacha ta’limga bepul tayyorlash bo‘yicha qaror o‘tgan yili dekabrda chiqqan. Agar mikrohududingizdagi maktabga farzandingizni 6 yoshdan maktabga bermoqchi bo‘lsangiz, qarshi emasmiz, bunga haqlisiz. Lekin baribir biz bu yoshdagi bolalarni maktabga qabul qilishni tavsiya etmaymiz, chunki bu uning rivojlanishiga ziyon qiladi", dedi vazir.
Shermatovning alohida ta’kidlashicha, qonun bo‘yicha O‘zbekistonda ta’lim hamma uchun majburiy bo‘lib, maktab yoshidagi birorta bola chetda qolib ketmaydi.
Bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan qaror tarixi: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qaroriga muvofiq Toshkentdagi 81 ta maktabda tajriba o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra boshqa mikrohududdagi maktablarning 1-sinfiga hujjat topshirganlar va maktab yoshiga yetmagan bolalar qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinishi, buning uchun eng kam ish haqining 10 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik yig‘im undirilishi belgilangan edi.
Qarorning ijro mexanizmlari, tegishli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga va to‘g‘ri ishlashini tekshirishga, ayniqsa, to‘lov bilan bog‘liq tizimlarga ketadigan vaqt hisobga olinib, talabgir maktabga qabulda hozircha pul olinmaydigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi