O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonun bilan 10 dan ortiq Qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy qilib belgilandi (hozirga qadar oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimidagi xizmatchilar uchun - o‘n ikki oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun - to‘qqiz oy); chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun - to‘qqiz oy).
Shuningdek, endilikda fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprel - may oylarida amalga oshiriladi (hozirga qadar ular o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel - iyun oylarida amalga oshirilib kelgan).
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi