Xiva shahri 2020 yilda turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shahar ushbu nomga da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev ma’lum qildi.
Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili turkiyzabon davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2018 yilda Turkiyaning Kastamonu shahri, 2019 yilda esa Qirg‘izistonning O‘sh shahri turk dunyosi madaniy poytaxti deb e’lon qilingan edi.
Bu maqom Turksoy xalqaro madaniyat tashkiloti tomonidan beriladi. U Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi