2019 yilning 23 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “Jihodchilar” DEOning bir guruh a’zolari jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxslarning bir necha nafari muqaddam ta’kidlangan oqim sifatida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangani bois jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lib, O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan jinoiy til biriktirgan. Ular aholi orasida noqonuniy targ‘ibot olib borib, “Jihodchilar” DEO g‘oyalarini tarqatganlar hamda shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganlar.
Shuningdek, ular yoshlar ongini zaharlab, o‘zlarining aqidaparastlik g‘oyalarini singdirib, jinoyat sodir etishga chorlaganlar.
Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda olib qo‘yilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Jihodchilar” DEO g‘oyalarida kishilar ongidan milliy urf-odatlarni yo‘q qilish, qabriston va ziyoratgohlarga borishni man etish, barcha qonun-qoidalarni faqat Qur’on va shariat asosida o‘z talqinlarida bo‘lishini ta’minlash hamda mavjud siyosiy tuzumni ag‘darib tashlash va shariatga asoslangan davlatni qurish aks etgan.
Oliy sudning 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tashkiloti faoliyati O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolar, ayniqsa, yoshlarni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da’vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so‘ragan.
Shuningdek, Adliya vazirligining veb-saytida ekstremistik va terroristik tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar e’lon qilib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi