14:25 / 26.10.2019
3 234

Toshkentda maktab o‘qituvchilarining oyligi oshiriladi

Toshkentda maktab o‘qituvchilarining oyligi oshiriladi
Toshkent shahridagi o‘rta ta’lim muassasalari xodimlariga oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida aytilgan.

Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning iqtidori va qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar mavjud bo‘lgan barcha boshlang‘ich sinflarga “assistent o‘qituvchi” lavozimini joriy etadi va uning mehnatiga haq to‘lash oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasining 0,75 baravariga tenglashtiriladi.

Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarining:

- ikkinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,1 baravar;
- birinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,25 baravar;
- oliy toifali o‘qituvchi uchun 1,5 baravar miqdorlarida qo‘shimcha rag‘batlantirish oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda maktab o‘qituvchilarining oyligi oshiriladi