09:15 / 01.11.2019
2 800

Toshkentda birinchi yapon mehmonxonasi paydo bo‘ladi (video)

Toshkentda birinchi yapon mehmonxonasi paydo bo‘ladi (video)
Toshkentning Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘ida mehmonxona quriladi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmatida ma’lum qilindi.

Mehmonxona 5 qavatli bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi o‘zbek milliy arxitekturasi, intereri esa yapon milliy arxitekturasi uslubida bajariladi. Loyihani Yaponiyaning H.I.S. Hotel Holdings Co. kompaniyasi amalga oshiradi.

Loyiha 13 mln dollarga baholangan va xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. Mehmonxona bog‘ning 7300 kvadrat metr maydonini egallab, unda 140 ta xona bo‘ladi.

Hokimlikda ta’kidlanishicha, ushbu mehmonxona O‘zbekistondagi birinchi yapon mehmonxonasi bo‘ladi. Mehmonxona qurilishi 2020 yil yanvarda boshlanishi, ilk mehmonlarni esa 2022 yildan qabul qilishi kutilmoqda.

Avvalroq bog‘ni rekonstruksiya qilish uchun xorijiy investorlar taklif qilinayotgani ma’lum qilingandi. Bog‘ o‘zbek milliy uslubida rekonstruksiya qilinib, adib Abdulla Qodiriyning eng mashhur romanlaridan biri - “O‘tkan kunlar”dagi davrni aks ettirishi rejalashtirilmoqda. Maydoni 16,5 gektarni tashkil qiluvchi bog‘ 14 ta turli loyiha uchun bo‘linadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda birinchi yapon mehmonxonasi paydo bo‘ladi (video)