22:54 / 05.11.2019
3 413

Hech qayerda ishlamagan, ammo pensiya olayotgan ayolning "sir"ini turmush o‘rtog‘i fosh qildi

Hech qayerda ishlamagan, ammo pensiya olayotgan ayolning "sir"ini turmush o‘rtog‘i fosh qildi
Pensiya jamg‘armasiga Toshkent shahar, Mirobod tumanida yashovchi fuqaro B.B. tomonidan hech qanaqa rasman ishlamagan turmush o‘rtog‘i B.Fning hujjatlarni soxtalashtirib, katta miqdordagi pensiya olib kelayotganligi haqidagi ma’lumotlar haqida murojaati kelib tushadi. Bu haqda jamg‘armaning Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham fuqaro B.F.ga 2008 yilning 7 avgustidan e’tiboran, taqdim qilgan hujjatlariga asosan 35 yillik ish staji hisobidan yoshga doir pensiya tayinlangan bo‘lib, uning pensiya miqdori 2019 yilning 1 avgustidan 1,1 mln. so‘mni tashkil qilgan.

Jamg‘arma mutaxassislari tomonidan fuqaro B.F.ning taqdim qilgan pensiya hujjatlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman davlat arxivida saqlanayotgan Farg‘ona viloyati “Qishloqxo‘jalikkimyo” AJning 1975-1993 yillardagi ish stajlari hamda uning mazkur korxonadan 1982-1986 yillarda to‘langan oylik ish haqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari shuningdek, 1993-2004 yillardagi mehnat faoliyati davrlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “SUNUR SERVIS” MChJ saqlovidagi buyruqlar kitobi hamda oylik maoshlar kitobidan solishtirib o‘rganilgan. Fuqaro B.F.ning ismi-sharifi hamda unga tegishli ma’lumotlar ham o‘z tasdig‘ini topmaganligi natijasida, fuqaroga 71,9 mln. so‘m miqdoridagi pensiya to‘lovi amaldagi qonunchilikka zid ravishda to‘langanligi aniqlandi hamda yoshga doir pensiya ishi o‘rganish kunida rad etildi.

Hozirgi kunda, fuqaro B.F. tomonidan o‘zlashtirilgan 71,9 mln. so‘mdan 32,1 mln. so‘mi Jamg‘arma hisobiga fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda qaytarilgan bo‘lib, o‘tkazilgan o‘rganishlar yuzasidan to‘plangan tekshirish materiallari va hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)