07:30 / 10.11.2019
3 417

Erkinjon Turdimov Mudofaa vazirligining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Erkinjon Turdimov Mudofaa vazirligining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Foto: Hokimlik axborot xizmati
Markaziy harbiy okrugning «Madaniyat va ma’rifat markazi»da tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Pavel Ergashev Kattaqo‘rg‘on okrug poligonini barpo etishda munosib hissa qo‘shgan Samarqand viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Erkinjon Turdimovga Mudofaa vazirligining III darajali «Namunali xizmatlari uchun» ko‘krak nishonini topshirdi.

Tadbir davomida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar orasida xizmat burchini sidqidildan bajarayotgan, harbiy jamoa hayotida faol qatnashayotgan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa qudratini yuksaltirishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga harbiy unvon va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkinjon Turdimov Mudofaa vazirligining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi