O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ‘Tarbiya’ fani bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida»gi bo‘yicha qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
- oliy ta’lim muassasalaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix», «O‘zbek filologiyasi», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq», «Pedagogika va psixologiya» yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2019—2020-o‘quv yili bitiruvchi kurslarining o‘quv reja, dastur va malaka talablariga «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqini beruvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
- 2020—2021-o‘quv yilidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» yo‘nalishi o‘rniga «Tarbiya va huquq ta’limi» yo‘nalishini ochish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi