17:14 / 24.12.2019
3 829

Qashqadaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas MAN yuk mashinasiga urildi

Qashqadaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas MAN yuk mashinasiga urildi
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yuz bergan YTHda bir kishi halok bo‘ldi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa 22 dekabr kuni soat 01:00 larda G‘uzor tumani hududidan o‘tgan M-39 «Toshkent—Termiz» avtomobil yo‘lining 1249-kilometrida yuz bergan.

Shu tumanda yashovchi 57 yoshli haydovchi B.N. Damas avtomobilida quvib o‘tish qoidasini buzgan holda yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Damas haydovchisi B.N. voqea joyida halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas MAN yuk mashinasiga urildi