22:12 / 03.01.2020
4 174

Ochiq adliya: Davletov vazirlik xodimlari qancha maosh olishini aytdi

Ochiq adliya: Davletov vazirlik xodimlari qancha maosh olishini aytdi
O‘zbekiston Adliya vazirligida boshqarma boshliqlari kamida 15-16 million so‘m oylik olishadi, deb ma’lum qildi vazir Ruslanbek Davletov.
Davletov bu haqda juma kuni Toshkentda boshlangan «Umid 2.020» xalqaro konferensiyasi vaqtida aytib o‘tgan.

«Davlatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda qonun ustuvorligini ta’minlash» seksiyasiga moderatorlik qilgan Adliya vaziri xorijdagi salohiyatli vatandoshlarni O‘zbekistonga jalb qilish haqida gapirib, maoshlarga oid ma’lumotlar sir saqlanmasligini bildirdi.

«Hozir maoshlarimiz qanchaligini yashirishga hojat yo‘q, hammasi shaffof. Masalan, Adliya vazirligidagi boshqarma boshliqlari kamida 15-16 million so‘m oylik maosh olishmoqda», – dedi Davletov.

Vazirlik tizimidagi tadqiqot institutlaridan birining tadbirda qatnashayotgan vakili ham buni tasdiqlab, hozirgi kunda 12 mln so‘m maosh olayotganini aytdi.

Ma’lumot uchun, «Umid Reunion 2.020» – «Umid» jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi yig‘ini sanaladi. «Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari» mavzusidagi konferensiya 3 yanvar kuni 5ta tematik seksiyaga bo‘lingan holda ish olib bordi. Anjuman 4 yanvarda o‘z ishini yakunlaydi.

Foto: «Jahon» axborot agentligi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ochiq adliya: Davletov vazirlik xodimlari qancha maosh olishini aytdi