19:06 / 04.01.2020
5 593

Madina Muxtorovaning oilaviy "sarguzashtlari" haqidagi videoni ko‘rib...

Madina Muxtorovaning oilaviy "sarguzashtlari" haqidagi videoni ko‘rib...
Madina Muxtorovaning oilaviy "sarguzashtlari" bilan bog‘liq oxirgi videoni ko‘rdim. Ammo na samimiylik, na rostlik bor bu videoda. Bolaning ahvolini ko‘rib qanchadan qancha yurtdoshlarimiz unga rahmi keldi, tunni tongga uladi. Oxirgi videosida hech narsa bo‘lmaganidek bolakay "mazza qilib yashashga" qo‘yishlaringizni so‘radi. Kulging qistaydi. Mana shuncha tomoshani ko‘rsatib, odamlarni behalovat qilib, qancha odamni bezovta qilib yana qanday qilib mazza qilib yashash mumkin.

Agar bola rostdan ham kaltaklangan, rostdan ham yerto‘lada saqlangan bo‘lsa buni ekspertiza aniqlagandir. Demak, uni qiynoqqa solganlar jazolanishini talab qilishga haqqimiz bor. Agar bola oxirgi videosida gapirganidek artist bo‘lish uchun omma oldida shunday tomosha ko‘rsatgan bo‘lsa, demak uni psixiatrga ko‘rsatish kerak. Buni ham talab qilamiz.

Biz bu sahnalashatirilgan, rostu yolg‘on aralashib ketgan tomosha orqali juda ko‘p fojealarni anglab yetdik. Qarovsiz qolgan bolalar, mas’uliyatsiz onalar, mas’uliyatsiz otalar va ularning jamiyatga keltirayotgan mana shunday zararli tomonlari. Va yana bir narsani bir bolaga yetti qo‘shni yoki yetti mahalla ota-ona degan ming yillik qadriyatlar bugun o‘z qiymatini yo‘qotganining ham guvohi bo‘ldik. Na birorta mahalla faoli chiqib voqeaga oydinlik kiritmadi. Demak mahalla hech qaysi oilaning yashash sharoitidan, turish turmushidan xabardor emas.

Dunyoda eng yomon narsa ayb qilgan betning qizarmasligi bo‘lsa kerak. Meni doim shu narsa o‘ylantiradi. Uch kunlab omma e’tiborida, xalq diqqat markazida bo‘lib turibam yana qayta qayta video olishga, rol o‘ynashga, odamlar ko‘ziga tik qarashga kuchni qayerdan olish mumkin. Odamlarning his-tuyg‘ularining sizlarga bir chaqalik ahamiyati yo‘qmi? Madina opa "mazza qilib yashashga qo‘yingsizlar, bizning oilaviy hayotimizga aralashmangsizlar", debsizlar. Mana shuncha YUK bilan bundan buyog‘iga qanday qilib MAZZZZA qilib yashamoqchisizlar.

Yana aytmoqchi bo‘lganim farzandlaringizga tarbiya berishga juda kechikkan onasiz. Biri ukasini o‘lasi qilib kaltaklaydi. Agar aka kaltaklamagan bo‘lsayu kichik o‘g‘lingiz artistlik qilish uchun shu tomoshani ko‘rsatgan bo‘lsa buyam kichik o‘g‘lingizning qarovsiz qolgani, e’tibor talabligidan dalolat.

Agar kichik o‘g‘lingiz rostdan ham kaltaklangan bo‘lsayu sizlarning bosimlaringiz tufayli yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa uni yolg‘onga o‘rgatayotgan ekansiz, demak buyam fojea. Ertaga bundan ham katta-katta tomoshalar ko‘rsatmasligiga va uni yolg‘onlari bilan bekitmasligiga kim kafolat beradi. Yana o‘sha savol: Hamma bir-birini aldaydigan bu oilada qanday qilib mazzza qilib yashash mumkin????

Barno Sultonova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Madina Muxtorovaning oilaviy "sarguzashtlari" haqidagi videoni ko‘rib...