18:58 / 09.01.2020
3 109

Qarzdor alimentchilardan 30 mln. so‘mdan ortiq qarzlar undirildi

Qarzdor alimentchilardan 30 mln. so‘mdan ortiq qarzlar undirildi
Majburiy ijro byurosi Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining 26.02.2016 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Parmonov Elibek Rustamovichdan undiruvchi Hasanova Mehrinur G‘aniyevna foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor E.Parmonov 2014 yilda Rossiya federatsiyasiga chiqib ketganligi aniqlangan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

MIB Qorako‘l tuman bo‘limi qidiruv bo‘yicha inspektori hamda Qorako‘l tuman IIB xodimlari xamkorlikda olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida qarzdor E.Parmonov 06.01.2020 yil kuni MIB Qorako‘l tumani bo‘limiga olib kelindi.

Ijro harakatlari natijasida qarzdor E.Parmonovga oilasi va farzandlari oldidagi majburiyatlari tushuntirilgach, qarzdordan 2016 yil 26 fevraldan 2020 yil 01 yanvar kuniga qadar bo‘lgan 31 451 000 (o‘ttiz bir million to‘rt yuz ellik bir ming) so‘m aliment pullari undirilib, undiruvchiga tilxat asosida topshirildi.

Bundan tashqari, Majburiy ijro byurosi Kogon shahar tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 23.07.2014 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Dilov Firuz Djurayevichdan undiruvchi Usmanova Dilbar Matmuratovna foydasiga ikki bir voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor F.Dilovdan 37 041 185 so‘m aliment qarzdorligi undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor alimentchilardan 30 mln. so‘mdan ortiq qarzlar undirildi