O‘zbekistonda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ish boshladi. Bu yangi fond milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
«Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimizki, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olindi hamda rasman o‘z ish faoliyatini boshladi.
Jamoat fondimizning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir.
Shuningdek, jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Kelgusida jamoat fondi va uning loyihalari haqida batafsil ma’lumot berib boramiz. Bizni kuzatishda davom etasiz, degan umiddamiz», deyiladi fondning telegramdagi kanalida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda