19:00 / 23.01.2020
2 901

Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu boradagi tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga binoan, kodeksning 52-modda 1-qismiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan:

«Himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».

Shuningdek, kodeksning 91-moddasi tahririga ko‘ra quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi belgilanmoqda:
— o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish;
— tintuv;
— ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;
— tergov eksperimenti;
— ushlab turish;
— himoyachidan voz kechish;
— shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish.

Shu bilan birga, kodeksning 224-moddasiga muvofiq, shaxsni yalang‘ochlash bilan bog‘liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi.
Muhokama joriy yilning 7 fevraliga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi