15:39 / 29.01.2020
3 509

Toshkentda yana yer silkinishi qayd etildi

Toshkentda yana yer silkinishi qayd etildi
Bugun, 29 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:13 da zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila epitsentri Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida joylashgan. Zizila magnitudasi 5,3 ball va chuqurligi 60 kmni tashkil etadi. Toshkentgacha masofa 344 km.

Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 344 km;2 ball
Namangan: 299 km;2 ball
Andijon: 298 km;2 ball
Farg‘ona: 238 km;3 ball
Guliston: 287 km;2 ball
Jizzax: 315 km;2 ball
Samarqand: 356 km;2 ball
Termiz: 332 km;2 ball
Qarshi: 434 km;2 ball

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni ham Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila sabab O‘zbekistonda ham yer silkinishlari qayd etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yana yer silkinishi qayd etildi