19:58 / 31.01.2020
5 687

Samarqandda qaynuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirdi

Samarqandda qaynuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirdi
Samarqand viloyatining Narpay tumanida kelinoyisining o‘limiga sabab bo‘lgan erkak ushlandi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Joriy yilning 31 yanvar kuni Narpay tumanida yashovchi R.M. bilan akasining turmush o‘rtog‘i U.P. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. R.M. oshxona pichog‘i bilan qurollanib, yangasining yashash uyiga borib, yangasi U.P.ning bo‘yin sohasiga pichoq sanchib, uni qasddan o‘ldirib voqea joyidan yashiringan.

Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining bayonot berishicha, prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruh tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilganda, xonadon ko‘chasidagi ariq ichidan qonga o‘xshash dog‘lari bilan ifloslangan pichoq va boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. R.M. himoya huquqi bilan ta’minlangan holda JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Narpay tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qaynuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirdi