Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning ayrim hududlarida koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
«Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligida mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus shtab faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, mazkur agentlikda tashkil etilgan ‘Ishonch telefonlari’ orqali Xitoydan kelayotgan fuqarolar, tahsil olayotgan talabalar, ularning ota-onalari, tadbirkor va boshqa soha xodimlariga tegishli tushuntirish va kerakli tavsiyalar ham berib borilmoqda.
Shu kunlarda havo, avtomobil va temir yo‘l transporti ob’ektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazorati har qachongidan ham kuchaytirilmoqda. Tezkor ma’lumotlarga qaraganda, birgina shu yilning 31 yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan uchib kelgan jami 4194 nafar, temir yo‘llari orqali esa 953 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan. Natijada agentlikning virusologiya laboratoriyasiga koronavirusga tekshirish uchun 21 nafar fuqarodan namunalar olingan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida namunalar orasida koronavirus kasalligining virusi topilmagan.
Shu o‘rinda, turli ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda koronavirus qayd etilganligi bilan bog‘liq xabarlar haqiqatga mutlaqo zid ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz. Bugungi kunga qadar yurtimiz fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi