Foto: IIV axborot xizmati
Toshkent shahrida firibgarlik va pora berishga dalolat qilish jinoyatlari aniqlandi. IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi shu haqda ma’lumot berdi.
2020 yil 4 fevral kuni Ichki ishlar vazirligiga N.O. ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.
U o‘zini Olmazor tumani hokimligining xodimi deb tanishtirgan “Bekzod” ismli shaxs tuman hududidan avtomashina yuvish shoxobchasini biznesini yuritish uchun yer olib berishga tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga hokimlik mas’ul xodimlariga berish uchun 5.000 AQSH dollari va davlat boji uchun 600 AQSH dollari berishini talab qilib, shundan davlat boji uchun 600 AQSH dollari olganligini va qolgan 5.000 AQSH dollari hisobidan oldindan 800 AQSH dollari berishini talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, gumonlanuvchi fuqaro U.B. Shayxontohur tumanidagi “Beruniy” metro bekati yaqinida arizachidan 800 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Dastlabki surishtiruv jarayonida fuqaro U.B. ilgari 2018 yilda JKning 168-m., 28,211-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlanganligi aniqlangan.
Hozirda fuqaro U.B. JPKning 224-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi