15:23 / 12.02.2020
3 435

Jizzaxdagi maktab binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzaxdagi maktab binosida yong‘in sodir bo‘ldi
Joriy yilning 11 fevral kuni Jizzax shahridagi maktab binosida yong‘in kelib chiqdi. FVV tomonidan ma’lum qilinishicha, yong‘in bartaraf etilgan.

Shu kuni, soat 12:02da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi 7 daqiqada voqea joyiga yetib bordi va qisqa muddatda yong‘in bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida bir nechta parta va yumshoq mebel (divan) yonib zararlangan. Hodisa yuzasidan jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxdagi maktab binosida yong‘in sodir bo‘ldi