Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalarning nusxasi (skrinshot) tarqalgani haqida xabar berilgandi.
Yozishmalarda M.Botirov o‘ziga tanish va ancha sinashta bo‘lgan boshqa foydalanuvchi bilan «dildan suhbat» qurgani, haqorat-u uyatsiz gaplarga to‘la virtual muloqotda gap aylanib, blogerlarga taqalgan paytda matbuot kotibi «...osmonga chiqayotgan blogerni joyini ko‘rsatib qo‘ygani»ni alohida ta’kidlab, «15 kunda mulla bo‘lgani»ga urg‘u bergandi. Shuningdek, yozishmalarda o‘sha bloger «asakalik» ekani, hokim «tiq» degani uchun «tiqilgani» yozib bo‘lmas haqoratlar bilan bayon qilinadi.
O‘sha kuniyoq holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rasmiy bayonot berib, «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idan «Yoshlar olami» akkaunti bilan foydalanuvchi Mirzohid Botirovning ushbu akkaunti go‘yoki xakerlik hujumiga uchraganini bildirgandi.
O‘z navbatida, Bosh prokuratura matbuot xizmati ham hokimning matbuot kotibiga tegishli ekani aytilayotgan «noma»lar Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotgani, natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilajagini aytgandi.
Bugunga kelib, o‘rganishlarning dastlabki natijalari ma’lum. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi! Ya’nikim, «...Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi M.Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalar yuzasidan tergov-tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi lozimligini hisobga olgan holda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) va 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda».
Albatta, voqelik bilan bog‘liq har bitta holatga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi. Biroq hozirdanoq matbuot kotibining ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti go‘yoki «xakerlar hujumiga uchragani» xususidagi iddaolarning tagi puchligi ko‘rinib qolmoqda.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi