Quvvat beruvchi batareyalar va akkumlyatorlar tarkibida qayta ishlashga yaroqli qismlar kam miqdorni tashkil etadi. Lekin yig‘ib olingan yaroqsiz batareykalarni qayta ishlash orqali yangi batareykalar, plastik, qora qalam, metall, qog‘oz, o‘g‘it, avtomobil shinalari uchun qopalamalar olish mumkin.
O‘zbekistonda-chi?
«Chiqindilar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 22-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarning ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi», deyilgan. Batareykalar ham utilizatsiya qilinadigan chiqindilar sirasiga kiradi, ammo O‘zbekistonda batareykalarni qayta ishlash bo‘yicha texnologiyalarga ega bo‘lgan birorta korxona mavjud emas.
Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha 2019–2028 yilga mo‘ljallangan strategiyada 2022–2025 yilgacha bo‘lgan oraliqda respublika shaharlarining ko‘p kvartirali turar-joy sektorida chiqindining quyidagi turlari uchun alohida konteynerlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
— qayta ishlanadigan chiqindilar (polimer, qog‘oz, metall);
— organik chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik materiallar);
— qayta ishlanmaydigan chiqindilar (kompozitli materiallar, tozalanmagan materiallar);
— xavfli maishiy chiqindilar (akkumulator, batareyka, tibbiyot chiqindilari);
— shisha idish buyumlari.
Ammo chiqindilar qayta ishlanmaydigan bo‘lsa, ularni saralashdan naf yo‘q. Saralangan chiqindilarni qayta ishlash butun dunyoda qo‘llanilayotgan tendensiya, bu orqali xomashyo sarfini kamaytirish hamda ekologiyaga yetadigan zararni minimallashtirish mumkin. Atrof-muhitga yetkazadigan ziyonini inobatga olgan holda batareykalarning qayta ishlanishi masalasini ham qisqa muddatlarda hal qilish talab etiladi. Bu – utilizatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, chiqindilarni qayta ishlovchi texnologiyalar uchun imtiyozlar joriy etish orqali hal qilinadi.
Utilizatsiya bo‘yicha hali lozim tizim ishga tushirilmagan bo‘lsa-da, batareykalarni umumiy chiqindiga qo‘shmaslik tavsiya etiladi. Ularni alohida jamlab, chiqindini yig‘ish punktlariga topshirgan ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi