Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, loyiha Qonunchilik palatasi Kengashining va Senat Kengashining 2019 yil 14 sentabrdagi Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga asosan tayyorlangan.
Qonun loyihasi bilan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan umumiy talablarga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu tartibni mazkur tadbirlarni o‘tkazuvchi shaxs tomonidan buzish – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilyapti. To‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan bu tartibning buzilishi esa, bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (6 690 000 so‘m) miqdorida jarima solishga olib keladi.
Nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 150 000 so‘m)miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi