09:50 / 27.02.2020
2 993

Gilzalar “Best” yordamida fosh etildi

Gilzalar “Best” yordamida fosh etildi
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni faqat tegishli huquqni muhofaza qilish organlari ruxsatnomasi asosida olib kirish mumkinligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz qurol-yaroq va o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Lekin, ayrim fuqarolar tomonidan o‘q-dorilarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari “Best” laqabli xizmat iti yordamida, qo‘shni davlatdan kirib kelgan “Man” rusumli avtotransport vositasini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro M.A tomonidan 16 dona ov quroli uchun mo‘ljallangan 12 kalibrlik bo‘sh gilzalar olib kelinayotganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gilzalar “Best” yordamida fosh etildi