16:57 / 06.03.2020
4 165

“Go‘shakni qo‘ygach, ko‘zimga yosh keldi”

“Go‘shakni qo‘ygach, ko‘zimga yosh keldi”
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni mamlakatimiz xotin-qizlarining eng faol va tashabbuskor vakillaridan biri – Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligining rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Lola Murotova bilan telefon orqali muloqotda bo‘lib, yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qizg‘in tabriklagan edi. Prezidentimiz bilan mazkur suhbatdan so‘ng Lola Murotova o‘z ichki kechinmalari haqida bayon qildi.

— "Hozir davolanishdaman. Bunday holatda do‘stu birodarlar, yaqinlar holingizdan xabar olishadi. Bu turgan gap. Lekin bu galgisi bir umr esda qoladigan bo‘ldi. Kecha kutilmaganda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich telefon qilib bayram bilan qutladi. Yashirmayman, ongu shuurimni biroz hayajon bosdi. Hol so‘radi, bayram bilan tabriklab, kuch-quvvat, sihat-salomatlik tiladi. Biroz samimiy suhbat qurdik. Davlat rahbarining topshirig‘i bilan, shu kuni Oliy Majlis Senatining raisi Tanzila Norboyeva Farg‘onaga tashrif buyurib Prezidentimizning bayram sovg‘alarini topshirishi butun farg‘onalik ayollar uchun sharafdir.

Bilasizmi, haqiqiy insongina o‘zligini, ma’naviy qiyofasini saqlab qola oladi. Prezidentimiz mana shunday kichik ko‘ngil, shijoatli va inson qadr qimmatini, uning mehnatlarini to‘g‘ri baholay oladigan, qadrlaydigan inson. Bunga men suhbatdan so‘ng yana bir karra amin bo‘ldim. Kimdir jonim fido, senga Vatanim, deya xitob qilarkan, ortida oilasi, jigarbandlari uning suyanchiqlari turganini biladi va u shu omildan kuch-quvvat oladi. Prezidentimiz shu xalqdan, uning ishonchidan kuch oladi.

Go‘shakni qo‘ygach, ko‘zimga beixtiyor quvonch yoshi keldi. Ko‘p yillik mehnatlarim besamar ketmaganligini, havolarga uchmaganini, balki o‘zbek ayollari ham qadr-qimmat topayotganini yanada chuqurroq idrok qildim
", - deydi Lola Murotova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Go‘shakni qo‘ygach, ko‘zimga yosh keldi”