Foto: IIV axborot xizmati
O‘zbekistonda identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston fuqarosiga, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.
ID-karta uning egasining shaxsini, fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi. ID-karta u berilgan vaqtdan boshlab 10 yil muddatga beriladi.
Shuningdek, hujjatda ID-karta olish uchun qancha pul to‘lash kerakligi ham aytilgan.
Qayd etilishicha, ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi. Ya’ni - 198 470 so‘m.
Bildirilishicha, O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi