10:44 / 15.03.2020
8 331

Koronavirus O‘zbekistonda. Ilk bemor aniqlandi

Koronavirus O‘zbekistonda. Ilk bemor aniqlandi
Foto: AP / TASS
O‘zbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lumot berdi.
«Joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda», deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabarida.
Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilingan.

15 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 156 738 kishida koronavirus aniqlangan, hozirgacha ularning 75 935 nafari sog‘ayib ketgan, 5839 kishi vafot etgan.
Virusdan eng ko‘p jabrlangan davlatlar Xitoy (80844 holat, 3199 o‘lim), Italiya (21157 holat, 1441 o‘lim), Eron (12729 holat, 611 o‘lim), Janubiy Koreya (8162 holat, 75 o‘lim), Ispaniya (6391 holat, 196 o‘lim), Germaniya (4599 holat, 9 o‘lim), Fransiya (4469 holat, 91 o‘lim), AQSH (2982 holat, 60 o‘lim), Shveysariya (1375 holat, 13 o‘lim), Buyuk Britaniya (1140 holat, 21 o‘lim) va Norvegiya (1109 holat, 3 o‘lim) bo‘lib qolmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus O‘zbekistonda. Ilk bemor aniqlandi