20:40 / 20.03.2020
3 785

Xitoy O‘zbekiston bilan koronavirusga qarshi kurash borasidagi tajribasini o‘rtoqlashdi

Xitoy O‘zbekiston bilan koronavirusga qarshi kurash borasidagi tajribasini o‘rtoqlashdi
Bugun, 20 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomonidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etdi.

Xitoy tomoni karantin vaqtida profilaktika choralari, kasallikning dastlabki bosqichlarida qanday dorilar ishlatilgani va qaysi dorilar umumiy davolash rejimiga kiritilganligi haqida gapirib berdi.

Videokonferensiyada O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Pokiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Nepal, Afg‘oniston, Hindiston va Ukraina vakillari ham ishtirok etdi.

Avvalroq, Xitoyda Xubey provinsiyasidan tashqarida bo‘lgan shifoxonalarda yangi turdagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning soni 282 kishigacha kamaygani, mamlakatda davolangan bemorlar 87,9 foizni tashkil qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusi aniqlangan holatlar soni 33tani tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoy O‘zbekiston bilan koronavirusga qarshi kurash borasidagi tajribasini o‘rtoqlashdi