06:00 / 22.03.2020
3 700

22 martdan Toshkentda jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatiladi

22 martdan Toshkentda jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan vaqtda yo‘nalishsiz taksilarda tashish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan yo‘l haqlarini sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.

22 martdan e’tiboran mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashuvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga ko‘ra:

• yo‘lovchilar gavjum yig‘iladigan maskanlar, metro bekatlarida Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi;

• shahardagi shifoxonalarning tibbiy jamoasini ishga va uyga tashish uchun ularning xodimlari soniga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining buyurtmalari asosida kerakli miqdorda maxsus dezinfeksiya qilingan alohida avtobuslar ajratiladi;

• jamoat transporti o‘rniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.

Har kuni yo‘nalishga chiqqan har bir taksiga shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan dezinfeksiya qilinganligi haqida ma’lumotnoma berib boriladi.

Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan vaqtda yo‘nalishsiz taksilarda tashish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan yo‘l haqlarini sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 22 martdan Toshkentda jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatiladi