Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalarida kirish uchun to‘xtatiladi.
«Viloyat hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Sirdaryo viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01dan boshlab Guliston shahriga kirish va shahardan chiqish vaqtinchalik to‘xtatiladi», — deyiladi Sirdaryo viloyat IIB xabarida.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — koronavirus infeksiyasi viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olishdir.
Cheklovlar quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:
- yuk tashish bilan bog‘liq holatlarga;
- Guliston shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
- Guliston shahriga kirish uchun viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlarga;
- shifokor va hamshiralar, SEOM xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga.
Guliston shahriga kirish chiqish faqat ikkita yo‘nalish bo‘yicha:
1-yo‘nalish: Guliston shahri, Guliston ko‘chasiga yo‘l o‘tkazgich ko‘priq orqali;
2-yo‘nalish: Guliston shahri, Do‘stlik qo‘rg‘oni, Xondamir ko‘chasida tashkil etilgan karantin postlari orqali — transport vositalari va yo‘lovchilarni dezinfeksiya qilgan holda amalga oshiriladi.
Guliston shahriga boshqa yo‘nalishlardan kirib-chiqish joylari to‘liq yopiladi.
Shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Bungacha Namangan, Andijon va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyati transport vositalari kirishi uchun yopilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi